
Entso Mareska: "Bu faqat birinchi o‘yin, hali oldinda mavsum bor"
APLning 1-turida "Chelsi" "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi (0:0). Uchrashuvdan keyin "aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareska o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi va biz ham shunday bo‘lishini kutgandik. Birinchi taymdagi penaltidan tashqari, raqib bizga jiddiy vaziyat yarata olmadi, lekin ular juda kuchli jamoa.
Biz qarshi hujumlarda va himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ammo bu mavsumning birinchi o‘yini. Raqib yozgi yig‘inda 8 ta o‘yin o‘tkazdi, biz esa bor-yo‘g‘i 2 ta. Shu bois, imkoniyatimiz darajasida harakat qildik. Muhimi, darvozamiz daxlsizligini saqlay oldik.
Gol urilgan vaziyatni o‘yin paytida ko‘rmadim. Keyin videotakrorni ko‘rganimda fol haqiqatdan ham borligini angladim", — dedi Mareska.
Mareskadan yangi markaziy himoyachi olish ehtimoli haqida ham so‘rashdi:
"Sizlarga markaziy himoyachilar haqida gapirish yoqadi shekilli. Bu haqda allaqachon fikrimni aytganman. Rahmat!", — deya qisqa javob qaytardi “Chelsi” murabbiyi.
Fikrlar