
Entoni Joshua yil oxiriga qadar yana ringga qaytmoqchi
Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua WBA, IBF va WBO chempioni Aleksand Usik bilan revansh jangida mag‘lub bo‘ldi. U mazkur mag‘lubiyatdan keyin bu yil yana bir jang o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi va buni promouter Eddi Xirn dekabr oyiga rejalashtirmoqda.
"Men Eddi bilan gaplashdim va noyabrda ringga chiqish imkoniyati bormi, deb so‘radim, chunki boksda to‘xtab qolmaslik muhim. Eddi dekabr qulayligini ta’kidladi. Raqibga kelsak, barcha takliflarga ochiqman. Kim xohlasa, jang qilishi mumkin", - dedi Joshua Reuters agentligiga.
Eslatib o‘tamiz, 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Entoni Joshua ikkinchi bor Aleksand Usikka ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar