
Entoni Joshua Pereyrani boksda ko‘rishni xohlaydi, Aleksning o‘zi bunga nima deydi?
Super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyraga o‘zini boksda sinab ko‘rishni maslahat berdi.
“Aleks Pereyra bir kun kelib boksda debyut qilishi kerak”, – deb yozdi britaniyalik ijtimoiy tarmoqda.
Braziliyalik sportchi Entoniga darhol javob berdi:
"Sizning shunday fikrda bo‘lganingizdan faxrlanaman. Bu mening orzuim bo‘lgan. Ammo hozir 37 yoshdaman va endi boksda katta yutuqqa erisha olmasligim aniq, lekin siz meni kim bilan jang qilishimni tavsiya qilasiz?"
Fikrlar