Enrike: "Barselona"ga qarshi o‘ynash men uchun og‘riqli bo‘ladi"

  • 29 avgust, 23:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining guruh bosqichida PSJ safarda "Barselona"ga qarshi o‘ynashi kerak.

Bu haqda o‘z vaqtida "Barselona" sharafini ham futbolchi, ham murabbiy sifatida himoya qilgan parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike fikr bildirdi.

- Men uchun bu bir vaqtning o‘zida ham ijobiy, ham salbiy his-tuyg‘u. Qaytish - bu ajoyib, chunki u er mening uyim. Shu bilan birga, chin yurakdan aytsam, menga boshqa har qanday klubdan ko‘ra ko‘proq yordam bergan klubga qarshi o‘ynash og‘riqli bo‘ladi. Buni tushuntirish qiyin, - dedi Enrike matbuot anjumanida.

"Barselona" va PSJ aynan qachon to‘qnash kelishi hozircha noma’lum. O‘yin jadvali shanba kuni e’lon qilinadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!