Engilmas Entoni Joshua qachon ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi

  • 2 may, 2019, 01:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua o‘zining navbatdagi jangini Endi Ruisga qarshi o‘tkazadi. 

Tecno

Sky Sports nashrining xabarlariga ko‘ra, ushbu qarama-qarshilik rasman joriy yilning 1 iyun kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Joshua professional boksdagi faoliyati davomida 22 jangda ishtirok etib biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Ruisning rekordi esa 32-1ga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joshua Jarrell Millerga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi, biroq Miller doping-testdan o‘tolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!