
Engil atletikachi Zaripova Shahribonu Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ayni damda Saudiya Arabistonining Dammam shahrida Engil Atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Quvonarlisi shundaki, ushbu nufuzli chempionatda Qashqadaryo viloyatining Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchi-sportchisi Shahribonu Zaripova chempionatning bosqon uloqtirish bo‘yicha bahslarida 56.85 m natija ko‘rsatib Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ushbu medal O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo chempionatidagi ilk medali hisoblanadi.
Fikrlar