
Eng zo‘ri baribir o‘zimman!
Braziliya terma jamoasining 39 yoshli himoyachisi Dani Alves jahon futbolidagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachilari nomini aytdi.
- Men “Manchester Siti” vakili Joau Kanseluning muxlisiman. Shuningdek, “Chelsi”dan Ris Jeyms, “Liverpul”dan Trent Alesander-Arnold ham yoqadi. Ularning bari 50 metrga to‘pni aniq etkazib bera oladi. Dani Alves ham bor, menimcha, u eng kuchlisi, - dedi Dani Alves.
Braziliyalik futbol ustasi tan bergan o‘yinchilarning barchasi Angliya chempionatida to‘p tepadi.
Dani Alvesning o‘zi Evropadagi faoliyatini yakunlagan. Ayni paytda u Braziliya terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Fikrlar