
Eng zo‘r to‘purar oltita o‘yinga haydaldi
Angliya Chempionshipi vakili “Norvich”ning ispaniyalik hujumchisi Borxa Sayns oltita uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, liganing eng zo‘r to‘purari “Sanderlend”ga qarshi uchrashuvida raqibiga tuflagani uchun shu jazo chorasi qo‘llanilgan.
Aslida bu bahs 21 dekabr kuni bo‘lgan. Unda “Norvich” futbolchilari safardagi o‘yinda “Sanderlend”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan. Ushbu bellashuvning 74-daqiqasia Sayns raqib futbolchisiga tupirgan. Bu vaziyat uchrashuv bosh hakami e’tiboridan chetda qoldi.
Biroq keyinchalik videotakrorlar o‘rganib chiqilgach, Saynsga nisbatan olti o‘yinlik diskvalifikatsiya qo‘llash va undan 12 ming funt miqdorida jarima undirish haqida qaror chiqarildi. Ispan hujumchisi aybini tan oldi.
23 yoshli Sayns joriy mavsumda raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qilgan va Chempionship to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar