
Eng zo‘r himoyachi nomi ma’lum bo‘ldi
Buyuk Britaniyaning FourFourTwo nashri ayni paytda jahon futbolida eng kuchli o‘n nafar markaziy himoyachi nomini e’lon qildi.
Birinchi o‘rin “Real” safida Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Antonio Ryudigerga nasib qildi. Germaniyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi va u 25 million evroga baholanmoqda.
“Top-10” ro‘yxati bilan tanishing:
1. Antonio Ryudiger (“Real” Madrid);
2. Vilyam Saliba (“Arsenal”);
3. Virjil van Deyk (“Liverpul”);
4. Ruben Diash (“Manchester Siti”);
5. Jon Stounz (“Manchester Siti”);
6. Markinos (PSJ);
7. Natan Ake (“Manchester Siti”);
8. David Alaba (“Real”);
9. Gabriel Magalyans (“Arsenal”);
10. Ronald Arauxo (“Barselona”).
Fikrlar