
Eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar nomi ma’lum
FIFA o‘z rasmiy sayti orqali yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlarni ma’lum qildi.
Jumladan, Antonio Konte («Tottenxem»), Xans-Diter Flik (Germaniya terma jamoasi), Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Roberto Manchini (Italiya terma jamoasi), Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi), Diego Simeone («Atletiko») va Tomas Tuxel («Chelsi») kabi mutaxassislar ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Ma’lumot o‘rnida, ovoz berish 22 noyabrdan 10 dekabrgacha davom etadi. Sovrin egasiga 17 yanvar kuni topshiriladi.
Fikrlar