Eng qimmat jamoa tuzildi, 11 futbolchining narxi 1 milliard, 230 million evro!

  • 25 oktabr, 2023, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali ekspertlari chempionatlardan qat’i nazar, dunyoning eng qimmat o‘yinchilaridan ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Tecno

Tarkibga kiritilgan 11 nafar futbolchining umumiy transfer summasi bir milliard 230 million evroni tashkil qildi.

Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabon:

Diogu Koshta («Portu», € 45 mln).

Himoyachilar: Ashraf Xakimi (PSJ, € 65 mln), Ruben Diash («Manchester Siti», € 85 mln), Yoshko Gvardiol («Manchester Siti», € 80 mln), Alfonso Devis («Bavariya», € 70 mln).

Yarim himoyachilar: Bukayo Saka («Arsenal», € 120 mln), Jud Bellingem («Real» Madrid, € 150 mln), Jamol Musiala («Bavariya», € 110 mln), Vinisius Junior («Real» Madrid, € 150 mln).

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ», € 180 mln),  Erling Xoland («Manchester Siti», € 180 mln).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!