Eng qimmat futbolchilar reytingi yangilandi: Mbappe etakchilikni boy berdi

  • 30 dekabr, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt internet-portali jahon futbolidagi eng qimmatbaho o‘yinchilar reytingini yangiladi.

Tecno

Unga ko‘ra, ayni paytda eng qimmat o‘yinchilar reytingini “Real” hujumchisi Vinisius Junior va “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland boshqarib turibdi. Har ikki yulduz 200 million evrodan baholandi.

Avvalgi reytinglarda etakchilik qilgan Kilian Mbappe arzonlasha boshladi va ro‘yxatda beshinchi o‘ringa tushib qoldi.

“Top-10” bilan tanishing:

1. Vinisius Junior (“Real” Madrid) — € 200 mln.

2. Erling Xoland (“Manchester Siti”) — € 200 mln.

3. Lamin Yamal (“Barselona”) — € 180 mln.

4. Jud Bellingem (“Real” Madrid) — € 180 mln.

5. Kilian Mbappe (“Real” Madrid) — € 160 mln.

6. Bukayo Saka (“Arsenal”) — € 150 mln.

7. Florian Virts (“Bayer”) — € 140 mln.

8. Jamol Musiala (“Bavariya”) — € 140 mln.

9. Koul Palmer (“Chelsi”) — € 130 mln.

10. Federiko Valverde (“Real” Madrid) — € 130 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!