Eng qimmat darvozabon boshqa klubga o‘tishi mumkin

  • 7 may, 2022, 14:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" o‘z tarkibiga darvozabon qo‘shib olmoqchi.

Tecno

"Football London" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Chelsi" posboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Turinliklar uni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

O‘z navbatida, ispaniyalik futbolchiga "Barselona"dan ham qiziqish bor. Kepaning o‘zi asosiy darvozabon bo‘ladigan klubiga o‘tishni niyat qilgan. U ketma-ket ikkinchi mavsumni "aristokratlar" safida zaxirada o‘tkazmoqda.

27 yoshli darvozabon 2019 yilgi mavsum avvalida "Atletik"dan "Chelsi"ga 80 million evro evaziga o‘tgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!