
Eng mashhur insayder Ronalduning transferi haqida ma’lumot berdi (foto)
Butun dunyo OAVda Krishtianu Ronalduning Ar-Riyodga kelgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
"Tvitter" tarmog‘idagi eng taniqli insayder Fabritsio Romano o‘z sahifasi orqali portugaliyalik yulduzning kelajagi borasida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, "Al-Nassr Krishtianu Ronalduning o‘z xohishi bilan shartnoma imzolash uchun klub lageriga kelganini tasdiqladi. 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma hamon o‘z kuchida. Ammo bekor qilish rejada yo‘q.
Krishtianu kelajagi borasida yaqin kunlarda qaror qabul qiladi, ayni paytda u Evropa jamoalaridan taklif kutmoqda".
Fikrlar