
Eng ko‘p sovrin yutgan Messi bir daqiqada qancha pul topyapti?
Lionel Messi Evropani tark etib, “Inter Mayami” safiga o‘chib o‘tgan bo‘lsa-da, eng katta maosh olayotgan futbolchilar safidan chiqqani yo‘q.
AQSh klubi safida ilk sovrini va faoliyati davomida 44-chempionlikni nishonlagan argentinalik yulduz yiliga 45 million dollar haq oladi.
Le Parisien nashri Messining maoshi bo‘yicha quyidagi statistikani taqdim qildi. Unga ko‘ra Messi:
Bir oyda 3,75 million dollar;
Bir kunda 123,3 ming dollar;
Bir soatda 5137 dollar;
Bir daqiqada 85,6 dollar;
Bir soniyada 1,43 dollar ishlab topmoqda.
Fikrlar