
Eng ko‘p muxlislar Andijonda, eng kami esa Olmaliqda. Ochilish uchrashuvini o‘tkazgan qo‘qonliklar “ekvator”da
15-16 iyun kunlari Superligada 11-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.
Tur o‘yiniga jami 32970 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga 4710ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida o‘tkazilgan bellashuvda kuzatildi. “Andijon” – “Metallurg” bahsini 7841 tomoshabin kuzatdi.
Eng kam ishqibozlar Olmaliqda. AGMK – “Navbahor” bellashuvini 2880 ishqiboz bevosita o‘yingohdan tomosha qildi.
Bu mavsum qaytadan ta’mirlanib, ilk bor o‘z uyida maydonga tushgan “Qo‘qon-1912”ning “Dinamo”ga qarshi bahsini ko‘rish uchun arenaga 5150 ishqiboz keldi xolos.
Turning markaziy qarama-qarshiligi "Bunyodkor" - "Nasaf" bahsini 3487 muxlis kuzatdi.
Quyida 11-turda kuzatilgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin.
“ANDIJON” – “METALLURG” 1:1. 7841 tomoshabin.
“QIZILQUM” – “SO‘G‘DIYoNA” 1:1. 5267 tomoshabin.
“BUXORO” – “PAXTAKOR” 0:5. 5187 tomoshabin.
“QO‘QON-1912” – “DINAMO” 2:2. 5150 tomoshabin.
“BUNYoDKOR” – “NASAF” 1:1. 3487 tomoshabin.
“LOKOMOTIV” – “SURXON” 5:1. 3158 tomoshabin.
AGMK – “NAVBAHOR” 1:1. 2880 tomoshabin.
Fikrlar