
Eng ko‘p maoshni qaysi klub to‘layapti?
L'Equipe hamda Capology data nashrlari Evropaning top-klublari o‘z futbolchilariga umumiy hisobda o‘rtacha qancha maosh to‘layotganini hisoblab chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu borada “Real” etakchilik qilmoqda. “Qirollik klubi” 2025-2026 yilgi mavsumda bir futbolchi uchun o‘rtacha 11,2 million evro mablag‘ ajratmoqda. Bu summa qit’aning qolgan top-klublari to‘layotgan maosh miqdoridan 60 foizga ko‘pdir.
O‘tgan mavsumda madridliklar bir yillik maosh uchun o‘rtacha 12 million evrodan pul to‘lagan.
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” reytingda ikkinchi o‘rinda qayd etilgan va maoshlarga ajratilgan summa o‘rtacha bir futbolchi uchun 7,91 million evroni tashkil qiladi.
Kuchli uchlikni yakunlagan “Manchester Siti”ning maoshlar fondidan chiqayotgan mablag‘ bir futbolchi uchun yillik moyana 7,41 million evroga teng ekani ko‘rsatilgan.
Keyingi o‘rinlarda “Bavariya” (€ 7,38 mln), PSJ va “Arsenal»” (€ 7 mln), “Liverpul” va “Manchester Yunayted”(€ 6 mln), “Chelsi” va “Tottenxem” (€ 4,5 mln) qayd etilgan.
Fikrlar