Eng boy klub “Real” o‘yinchisiga taklif yubordi

  • 30 sentabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati hujumkor futbolchi Marko Asensio bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Bu mavsum ispan futbolchisi uchun poytaxt jamoasidagi oxirgisi bo‘ladi.

Tecno

Tabiiyki, “Real” maktabini o‘tagan futbolchining xaridori ko‘p bo‘ladi. Asensioga hozirning o‘zida jiddiy da’vogar bor.

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin dunyoning eng badavlat klubiga aylangan “Nyukasl” Asensioni madridliklar bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishini  so‘rayapti.

Mundo Deportivo nashri “Nyukasl” mutasaddilari transfer masalasini o‘yinchining agenti Jorje Mendesh bilan muhokama qilganini yozdi.

Asensioni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan jamoalar orasida “Barselona”, “Liverpul” va “Arsenal” bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!