
Endrik hamma ishni qoyillatyapti!
"Real" kecha EChL 1-turi doirasida "Shtutgart"ni 3:1 hisobida taslim etdi. "Qirollik klubi"ning uchinchi goliga esa yosh Endrik mualliflik qildi.
Umuman olganda, Endrik uchun mavsum starti o‘ta muvaffaqiyatli tarzda o‘tmoqda. Sababi, braziliyalik iqtidor egasi La Ligada va EChLdagi debyut o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi "Real" safida o‘rtacha har 10 daqiqada gol urmoqda. Bundan tashqari, 18 yoshli Endrik bir necha kun avval 21 yoshli qizga uylandi.
Qayd etish lozim, "Real Madrid" uni "Paymeyras"dan 45 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikrlar