
Endrik bir zarba bilan “Real”ning barcha zamonlardagi rekordini o‘rnatdi
“Real”ning yangi futbolchisi Endrik Ispaniya chempionatining ikkinchi turida zaxiradan maydonga tushib, “Valyadolid” jamoasini ishg‘ol qilgan edi.
Madridliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’kinlagan bu gol tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Debyut bahsidayoq to‘p kiritgan Endrik “Real” tarixida rasmiy uchrashuvda gol urgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. O‘yin kuni braziliyalik vunderkind 18 yoshu 35 kunlik edi.
Avvalgi rekord Rafael Varanga tegishli bo‘lib, frantsiyalik himoyachi 2011 yili 18 yoshu 152 kunligida “Rayo Valekano” darvozasini ishg‘ol qilgan.
“Qirollik klubi” Endrikni Braziliyaning “Palmeyras” jamoasidan 47,5 million evro evaziga transfer qildi. Futbolchi sobiq jamoasida 22 ta uchrashuvda to‘rtta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan.
Endrikning madridlikar bilan hamkorligi 2030 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar