
Endi u kerak emas: “Real” mashhur hujumchisini sotadigan bo‘ldi
“Real” rahbariyati yozgi transferlar davrida tarkibini tartibga keltirishni mo‘ljallamoqda va bu yo‘lda asosiy jamoa vakillarini ham sotib yuborishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” braziliyalik Rodrigo Goes bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Birinchi talab shuki, 23 yoshli unversal hujumchini qo‘lga kiritishni istayotgan klub kamida 100 million evro miqdorida badal tikishi lozim.
Bu orqali madridliklar transfer siyosatida muhim maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Rodrigoga anchadan beri qit’aning eng qudratli klublari jiddiy qiziqish bildirib keladi. Ular orasida “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Pari Sen-Jermen” kabi yuqori maqsadlar uchun kurashadigan da’vogarlar bor.
Bundan tashqari, tez orada “Real”ni qabul qilib oladigan Xabi Alonso ham tarkibga o‘zgartirishlar kiritishni mo‘ljallagan. Ayrim mutaxassislarning aytishicha, ispaniyalik mutaxassis yangi tarkib shakllantirishda hujumkor futbolchi pozitsiyasida Arda Gyulerga suyanmoqchi ekani aytilmoqda.
Fikrlar