Endi sen kerakmassan! “Barsa” qimmatbaho yulduzini to‘rt baravar arzoniga sotadi

  • 3 dekabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” tarkibini tozalashni davom ettiradi. Klub rahbariyati katta maosh olayotgan, biroq jamoaga etarli darajada yordam bera olmayotgan pleymeyker Frenki de Yong bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Tecno

CatalunyaRadio jurnalistlarining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli niderlandiyalik futbolchini yanvardayoq sotib yubormoqchi.

Narx ham juda past baholandi. Unga ko‘ra, 20 million evro to‘lagan klub Frenki de Yongni olib ketishi mumkin.

Ma’lumki, “Barselona” uuni 2019 yili 85 million evroga “Ayaks”dan transfer qilgan edi. Frenki de Yong La Ligada eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan hisoblanadi.

Kataloniya superklubi mutasaddilari unga yangi shartnoma berganiga bir necha oy bo‘ldi. Biroq Frenki bu hujjatni imzolagani yo‘q.

Transfermarkt portalida tajribali yarim himoyachi 60 million evroga baholangan. Lekin klubdagilar undan tezroq qutilish va bu orqalm maoshlar fondini engillashtirish maqsadida Frenkini olingan narxidan to‘rt baravar arzonga berib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!