
Endi Pogba kerakmas!
Frantsiyalik Pol Pogbaning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Manchesterliklar anchadan beri uni yangi bitimga ko‘ndirishga harakat qilayotgan edi. Endi klub xo‘jayinlari Pogbani olib qolishga urinmaslikka qaror qildi. Bunga futbolchi qarorini tez-tez o‘zgartirishi sabab bo‘lgan.
Pogba jarohatini davolatganidan keyin Ralf Rangnik uni muntazam ravishda asosiy tarkibda o‘ynatyapti. Tajribali yarim himoyachining germaniyalik murabbiy bilan munosabati juda yaxshi. Biroq, Pogba faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti.
Ayni paytda Pogbaga “Real”, “Yuventus” va PSJdan taklif bo‘layotgani aytilmoqda.
Fikrlar