Endi Muhammad Salohga Ronaldu ham havas qiladi!

  • 30 sentabr, 2024, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli sobiq futbolchi Gabriel Agbonlaxor “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida aniq ma’lumotga ega ekanini ma’lum qildi.

Tecno

Misrlik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Klub xo‘jayinlari 32 yoshli hujumchini jamoada olib qolish uchun yangi bitim berishga tayyor.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistonining grand klublari Muhammad Salohni Professional liganing eng katta maosh oladigan o‘yinchisiga aylantirishni istayapti.

- Men Salohning ketishi aniq ekanini bilaman. Klub ichida insayderim bor. U menga Muhammad Saloh saudiyaliklar bilan shartnoma imzolashini aytdi.

Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni Professional ligasining “yuzi”ga aylanadi va Krishtianu Ronaldudan ham ko‘proq pul topa boshlaydi, - dedi Gabriel Agbonlaxor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
30/09/2024 12:37
Saloh liverpoldan boshqasida uynolmaydi
Misr termasida uyin unga qurilsa ham natija yaxshimas
Agar saudiyaga ketsa darajasi tushib ketadi
Асманов Асман
30/09/2024 16:58
Нихуя