Endi klublar futbolchini terma jamoaga qo‘yib yubormaydi. FIFAning yangi qarori

  • 25 avgust, 2020, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) futbolchilarning terma jamoaga yuborilishiga oid yangi vaqtinchalik tartib joriy qildi.

Tecno

Koronavirus pandemiyasi musobaqalarni o‘tkazilishi va futbolchilarning dunyo bo‘ylab erkin harakatlanishini cheklayotgani bois, klublar bir necha shartlarga ko‘ra, o‘yinchisini terma jamoaga yubormasligi mumkin.

Bunga quyidagi shartlar asos bo‘ladi:

- agar terma jamoa joylashgan hududda futbolchilar besh kundan ortiq majburiy karantinga olinsa;

- kirish va chiqish cheklovlari mavjud bo‘lsa;

- o‘yinchi va jamoalarga qabul qiluvchi tomonidan maxsus qoidalar taqdim etilmagan bo‘lsa;

Bundan tashqari, FIFA kunlari bo‘ladigan uchrashuvlarning har bir ishtirokchisi tashkilotchilar tomonidan qabul qilingan sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha protokollarga to‘liq amal qilishga majbur.

Bu qoida 31 avgustdan kuchga kirib, erkaklar jamoalari uchun 8 sentyabrga qadar amal qiladi. Xotin-qizlar jamoalari bu tartibga 14-22 sentyabr kunlari bo‘ysunadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!