
Endi Kerroll yana "Nyukasl"ga qaytdi
"Nyukasl" klubi o‘zining rasmiy saytida hujumchi Endi Kerroll bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra 30 yoshli futbolchi “qarg‘alar” bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.
Aytish lozimki, Kerroll “Nyukasl” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoada 2006-2011 yillarda to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Kerrollning so‘nggi jamoasi “Vest Xem” klubi bo‘lgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi yakunlandi va “Nyukasl”ga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi.
Fikrlar