Endi bu o‘yinchilar Sulsherga kerak emas

  • 27 sentabr, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida juda faol ishladi va jamoa tarkibiga Krishtianu Ronaldu, Rafael Varan va Jeydon Sancho kabi yulduzlarni qo‘shib oldi. Endi klub mutasaddilari asosiy tarkibga kira olmayotgan va katta maosh olayotgan o‘yinchilardan qutilmoqchi.

Tecno

Sulsher shogirdlariga Angliya premer-ligasining o‘zidan xaridor chiqmoqda. Xususan. Niderlandiyalik pleymeyker Donni van de Bek anchadan beri “Everton” kuzatuvi ostida. Bu jamoa qishda yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Shuningdek, Antoni Marsyal ham o‘ziga yangi jamoa qidira boshladi. Ronaldu kelganidan keyin frantsiyalik hujumchi zaxiraga mixlanib qoldi. Uni “Tottenxem” o‘z safiga chorlamoqda va bu transfer uchun manchesterliklarga 40 million evro taklif qilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!