
Endi Azarning o‘rniga shu futbolchini o‘ynatamiz!
“Chelsi” rahbariyati “Real”dan Eden Azarni qaytarishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. The Athletic nashrining yozishicha, Angliya chempionatining navbatdagi turida “Norvich”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng, “Chelsi”da vaziyat o‘zgardi.
Tomas Tuxel o‘tgan o‘yinda ancha vaqtdan beri asosiy tarkibga jalb qilinmayotgan Kallum Xadson-Odoiga imkoniyat berdi. Iste’dodli bundan unumli foydalangan holda bosh murabbiy va murabbiylar shtabi vakillarining o‘zi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o‘zgartira oldi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Kallum bu uchrashuvda Azarning “Chelsi”dagi yulduzli davrida ko‘rsatgan o‘yini darajasida to‘p tepdi. U to‘pni nazorat qilish, dribling, aniq pas berish, xavfli hujumlar tashkil qilish borasida o‘z salohiyatini to‘la namoyon etdi. Hatto gol urib, hujumni samarali yakunlashga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Tomas Tuxel yosh futbolchi keyingi bellashuvlarda ham shu darajada o‘ynasa, asosiy tarkibdan muqim joy olishini ta’kidladi. Endi klub rahbariyati Eden Azarga xarajat qilmasdan, uning darajasiga chiqishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchiga vaqt va imkoniyat bermoqchi.
Fikrlar