Emerson: "Meni "Barselona"dan haydab yuborishdi"
"Tottenhem" klubi himoyachisi - Emerson transferi qanday sodir bo‘lgani haqida ingliz nashriga intervyu berdi.
"To‘g‘risi, nimalar bo‘lganini tushunmay qoldim. Hech narsani bilmaganim uchun faoliyatidagi o‘zgarishlarni indamay tomosha qildim. Klubning moliyaviy ahvoli juda og‘ir bo‘lgani bois, meni sotib yuborishni to‘g‘ri qaror deb hisobladi.
Ularga klubda qolmoqchi ekanligimni bir necha bor ta’kidladim. Ahmoq emasman. Shu bois, so‘zlarim befoyda ekanligini darrov angladim. Ular meni shirin so‘zlar bilan kuzatganiga qaramay, aslida klubdan haydab yuborishdi."
Eslatib o‘tamiz, London klubi 22 yoshli futbolchi uchun Kataloniya jamoasiga 25 million evro to‘lab berdi.



Fikrlar