
Emeri shogirdini “Aston Villa”ga olib kelmoqchi
Unai Emeri “Aston Villa”ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin klubda bir qancha o‘zgarishlar qilishni rejalashtirgan. U “Marsel”dan Matteo Genduzi transferini amalga oshirilishini istaydi.
Ispaniyalik murabbiy bilan yarim himoyachi oldin “Arsenal”da ham birga ishlagan. Emeri uni ”Loryan” klubidan olib kelgandi. Ular yana birga ishlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik yarim himoyachi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar