
Emeri Remziga o‘rinbosarni Germaniyadan topdi
"Xoffenxaym" klubi yarim himoyachisi Kerim Demirbay "Arsenal"ning asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda The Metro nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, "kanonirlar" ustozi Unai Emeri 25 yoshli germaniyalik futbolchini yozda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tadigan Aaron Remziga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Buning uchun londonliklar nemis klubiga 29 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Demirbay joriy mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar