
Emelyanenko Olimpiya chempionining chaqiruviga javob berdi
Rossiyalik jangchi Aleksandr Emelyanenko Olimpiya chempioni Raxim Chaxkevning chaqiruviga javob berdi.
"Men bilan boksda jang qilmoqchi bo‘lgan Chaxkevning chaqiruvini ko‘rdim. Agar men bilan jang qilishni istasang, MMA qo‘lqoplarini taq va oktagonga chiq. Men seni uraman, erkak bo‘l," - dedi Emelyanenko.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli Chaxkiev professional boksdagi faoliyati davomida 26 bor g‘alaba qozongan va 3 marotaba yutqazib qo‘ygan. O‘zining so‘nggi jangini 2016 yil dekabrda o‘tkazgan va faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar