
Emelyanenko 12-yoshli Kadirov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi
Aralash yakkakurashlar jangchisi Aleksandr Emelyanenko Checheniston Respublikasi etakchisi Ramzan Kadirovning o‘g‘li bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Emelyanenko bu haqida o‘zining instagramida xabar berib video chop etdi.
Ushbu videoda Emelyanenko 12-yoshli Adam Kadirovga qay tarzda himoyalanib, hujum qilish kerakligini o‘rgatayotgani ma’lum.
Aytib o‘tish joizki, Aleksandr fevral oyidan buyon Checheniston poytaxti Grozniy shahrida mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. U 24 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Magomed Ismailovga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar