"Elorda kubogi". Bugun 7 nafar hamyurtlarimiz finalda ringga ko‘tariladi

  • 4 iyul, 2022, 10:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida boks bo‘yicha "Elorda kubigi" musobaqasi davom etmoqda. Kecha musobaqa doirasida yarim final bahslari yakuniga etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Asilbek Jalilov Hindiston, Saidjamshid Jafarov va Lazizbek Mullojonov Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. Shahzod Muzaffarov, Adhamjon Muhiddinov, Dilshod Abdumurodov, Mujibillo Tursunov va Jahongir Zokirov afsuski yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Tecno

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Sabina Boboqulova, Nigina O‘ktamova va Sitora Turdibekova yarim finalda g‘alabaga erishdi. Kecha Feruza Kazakova ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Bugun o‘tkaziladigan final bahslarida 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

-48 kg: Asilbek Jalilov - Temirtas Jussupov (Qozog‘iston)

-75 kg: Saidjamshid Jaffarov - Felesiano Martines (Kuba)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Damir Toibay (Qozog‘iston)


Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova - Namiki Tsukimi (Yaponiya)

-52 kg: Feruza Kazakova - Jana Shekerbekova (Qozog‘iston)

-54 kg: Nigina O‘ktamova - Boro Jamuna (Hindiston)

-57 kg: Sitora Turdibekova - Karina Ibragimova (Qozog‘iston)

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!