Elnur Abduraimovning vaznida WBC va WBO kamarlari birlashtirildi

  • 1 may, 2022, 11:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shatatlaridagi "MGM Grand Garden Arena"da boks oqshomi yakuniga etdi. Asosiy jangda Rio Olimpiadasi kumush medalchisi, super yarim engil vazn toifasida (58,9 kg) WBO chempionlik kamari egasi Shakur Stivenson WBC chempioni Oskar Valdesga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang to‘liq 12 raund davom etdi va unda katta ustunlikka ega bo‘lgan Stivenson 117-110, 118-109, 118-109 hisobida g‘alaba qozonib har ikki yo‘nalish chempioniga aylandi.

Tecno

Ushbu g‘alabadan so‘ng, Stivensonning rekordi 18-0 (9 KO) ko‘rinishiga kelgan bo‘lsa, Valdesning janglar statistikasi 30-1 (23KO)ga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur vazn toifasida hamyurtimiz Elnur Abduraimov o‘z faoliyatini olib bormoqda. U 7 may kuni Manuel Korreaga qarshi jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!