Elmurod Haqnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Elmurod Haqnazarov 2026 yilning yanvar oyida professional MMAdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Alash Pride ligasi xabar berdi.
Haqnazarovning raqibi qozog‘istonlik bloger Mansar Million bo‘ladi. Ular orasidagi to‘qnashuv "Alash Pride 116" turnirida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz debyut jangida rossiyalik Maksim Tsygankovga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va 1-raunddayoq g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar