Elichich "Paxtakor"ga qaytdi
“Paxtakor”da oxirgi marta 2021 yilda faoliyat olib borgan Mirko Elichich yana klub tizimiga qaytdi. U joriy mavsumda pro ligada “Lokomotiv”da ishlaganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Endilikda "Paxtakor" yoshlar jamoasini boshqaradi. Unga Oybek Usmonxo‘jaev va Ilhom Suyunov yordam berishadi. Olim Shokirov esa "Paxtakor" akademiyasi direktori sifatidagi ishiga qaytdi. Bu xususida “Paxtakor” matbuot xizmati xabar berdi.



Fikrlar