
Eldor yangi mavsumni yulduz hujumchi bilan bir jamoada boshlashi mumkin
Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala "Roma"ga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda TyC Sports jurnalisti Sezar Luis Merlo o‘zining tvitter sahifasida.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi futbolchiga umumiy qiymati 24 million evro bo‘lgan 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Ayni paytda bu hujumchiga tushgan yagona taklif.
Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta oldin 28 yoshli Dibalaning “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlangan va shu sababli u jamoani erkin agent sifatida tark etgan edi. Argentinalik futbolchiga "Inter", "Milan", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqish mavjudligi haqida ham xabarlar bor.
Fikrlar