Eldor Shomurodovga qiziqayotgan klub yanada yaxshiroq taklif tayyorlamoqda. Agar transfer amalga oshsa, hamyurtimiz EChLda o‘ynaydi

  • 14 iyul, 2020, 16:42
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Belgiya klubi qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizni "Gent" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Hujumchi uchun belgiyaliklar "Rostov"ga 6 million evro berishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, Belgiya vitse-chempioni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi uchun “Rostov”ga 5 million evrolik rasmiy taklif yuborgani borasida xabar bergandik. Qolaversa, "Gent" vakillari ushbu summani ikki mavsum davomida bo‘lib to‘lashini bildirgan. “Rostov” rahbariyati Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha bu taklifni rad etgandi.

O‘zbekiston fuqaroligini olgan braziliyalik futbolchi terma jamoaga chaqirildi

826__90_2587984334

Endi esa xaridor tomon Shomurodovning transferiga 1 million evro qo‘shishini bildirgan. Agar transfer amalga oshsa, hamyurtimiz EChLda o‘ynashi mumkin. Sababi "Gent" yangi mavsumni EChL saralashidan boshlaydi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
14/07/2020 17:29
Шомуродовни уйини йуколди олдинкидик уйин амалиётига ега емас
Расулжон Тоштемиров
14/07/2020 16:47
Шомуродов Шомуродов жонга тегди махтанади ходос ундан узимизни чемпионатдаги болалар яхши уйнашчбди