Eldor Shomurodv: "Zaxirada o‘tirgan hech qaysi futbolchi xursand bo‘lmaydi" (Katta intervyu)

  • 7 aprel, 2022, 08:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" jamoasi hujumchi Eldor Shomurodv Rus nashri jurnalisti Igor Rabinerga kattagina intervyu berdi. Hamyurtimiz deyarli 1 soat davom etgan suhbat jarayonida faoliyatidagi eng muhim voqealarga izoh berib o‘tdi. Biz esa, bu suhbatdagi eng muhim qismlarini e’tiboringizga havola etdik.

Tecno

— "Rostov"dagi faoliyating karerangdagi o‘sishga ta’sir qildimi?

— O‘ylashimcha, ha. Bu faoliyatimdagi muhim davrlardan biri bo‘ldi. RPL jismonan baquvvat futbolchilarga suyanadi. Aynan "Rostov" Evropaga yo‘l olishim uchun "tramplin" vazifasini o‘tab berdi.

— O‘zbekistondansan. Hozir dunyoning eng chiroyli shahrida, eng mashxur ligalaridan biridagi grand klubda to‘p tepyapsan. Aytchi, nega RPLdagi ayrim futbolchilar Evropaga ketishni istamaydi?

—Balki, tavakkal qilishni xohlamas. Men "Jenoa"ga o‘tganimdan so‘ng qay darajada "risk" qilganimni sezdim. Kuchliroq chempionat, begona til va yangi iqlim. O‘ynab keta olishim katta so‘roq ostida edi. Bolalikdan aynan kuchli beshlikda to‘p tepish niyatida ulg‘ayganim ko‘maklashdi deb hisoblayman.

— Rossiyaning "Qatar-2022"dan chiqarib yuborilishiga qanday munosabat bildirasan?

— Buni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Sportda siyosatdan holi bo‘lishi kerak.

— Seni ko‘plab yosh futbolchilar uchun na’muna qilib ko‘rsatish mumkin. Bunga munosabating qanday?

—Birinchi navbatda, menga bunday imkoniyatni taqdim etgan Yaratgan Egamga shukurlar aytaman. U so‘raganlarimni hammasini berdi. Shunga qaramay, faqat duo qilishning o‘zi kamlik qiladi. Agar oldinga maqsad qo‘ysang, nima bo‘lgan taqdirda ham unga erishish shart. Hech qachon ikkilanmaslik va ortga qaramaslik lozim. Faqat maqsad sari oldinga qadam tashlash yakunda g‘oliblar qatorida bo‘lishingni ta’minlaydi.

g43go34kog3k4

— Qachondir o‘z kuchingga bo‘lgan ishonching so‘ngan paytlar ham bo‘ladimi? Orzularing ushalmay qolishidan qo‘rqqanmisan?


— Chuqur depressiyaga tushmaganman. Doimo etarlicha vaqtim borligi va orzularim sari harakat qilayotganimni sezganman.


— Kuchli beshlikdagi qaysi liga senga qiziqroq tuyulgan?

— To‘g‘risi umuman farqi yo‘q edi. "Chelsi"ga muxlislik qilganim bois, boshqa klublarga bo‘lgan munosabatim bir xil bo‘lgan.


— Ota-onang seni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalaganmi?


— Aksincha, doimo qo‘llab-quvvatlashgan. E’tiborlisi shundaki, doimo futbol olamidagi qarorlarimni o‘zim chiqarishim uchun imkoniyat taqdim etishgan. Kelajakda nima bo‘lishi haqida bosh qotirmaganman.

— Termiz shahridan 40 km uzoqlikdagi Jarqo‘rg‘onda dunyoga kelgansan. Bolaligingdagi eng yorqin xotiralaringni so‘zlab ber.


— Jarqo‘rg‘onda 12 yil yashadim va "Mashal" akademiyasiga qabul qilindim. Unga qadar sigir va qo‘ylarimiz juda ko‘p bo‘lgani yodimda bor. Barcha do‘stlarim, aka-ukalarim singari men ham futbolni juda yaxshi ko‘rardim. Birinchi imkon bo‘lishi bilan stadionga yugurganmiz. Ota-onam esa, mollarga qarab bo‘lgachgina, futbol o‘ynashga ruxsat berardi. Yodimda bor, hamma katta ko‘cha tomon yugurib ketayotganida ishim tugamayotgandek tuyular edi.

—Eshitishimcha, sen maoshingni katta qismini ota-onangga jo‘natar ekansan?

— Avvalari deyarli hammasini uyga jo‘natganman. Hozir vaziyat biroz o‘zgardi. O‘zimga ham oz-moz olib qolyapman. Uy va boshqa to‘lovlar uchun.

— Ular Italiyada kelishdimi?

— Ha, yangi yil oldidan otam va onamni Italiyaga taklif etdik. Rimning go‘zalligi ularni hayron qoldirdi. O‘ylashimcha, bu safardan ularda iliq taassurotlar qolgan.

— Uylanding, oila qurding va farzandli bo‘lding. Aytchi, bu seni o‘zgartirdimi?

— Uylangach, o‘zgarib ketdim, deb ayta olmayman. Farzandli bo‘lganimdan keyin, yangicha hislarni tuydim. Yanada mas’uliyatliroq bo‘lishni boshladim. Bu hayotimdagi eng muhim voqea bo‘ldi, desam, adashmagan bo‘laman. Nabiralari bo‘lganini eshitgan dadam Jarqo‘rg‘ondagi katta qo‘chqorlaridan birini so‘ydi. Hozir unda ikkitagina katta qo‘chqor qolgan.

— German Tkachenkoning aytishicha, "Jenoa"ga o‘tgach, 6-7 barobar ko‘proq maosh olishni boshlagansan. Bu pullarning kelishi senda yulduzlik kasalligini qanday uyg‘otmadi?

— Bu menga hech qanday muammo tug‘dirgani yo‘q. Bunday masalalarda ota-onam bilan maslahat qilaman. Ularning yordami bilan ortiqcha muammo sezmadim. Shuningdek, agent borasida ham omadim kelgan, deb bemalol aytishim mumkin. Ularning yordamisiz, bu darajaga chiqa olmagan bo‘lar edim. Ilk imzolangan shartnomamda Evropaga ketish haqida band bor edi. Barcha rejalarimiz o‘sha band asosida qurilgan.

— Srechko Katanets bilan aloqalaring qanday?

— Yaxshi. U bilan ba’zan italyancha suhbatlashib turaman. Mister Katanets bir necha yil u erda to‘p tepgan.

34lg3p4go34kgo34kg

— "Yuventus" bilan o‘yindan so‘ng Mourino bilan munosabatlaring yomonlashmadimi?

— Ochig‘i, undan xafa bo‘lganim yo‘q. Top klublarda qoidalar keskinligidan xabarim bor edi, ammo futbolchi sifatida buni his qilish boshqa narsa. Bizda "Yuventus" varianti ham bo‘lgandi, ammo "Roma"ni tanladik. Rimda o‘ynab ketishimiga 100 foiz ishonganman. Hozir ham fikrimdan qaytganim yo‘q. Agar hammasini to‘g‘ri bajarsam, albatta "Roma"ni asosiy futbolchiga aylanaman.

— Hozir klubingdagi ishlar a’lo darajada emas. "Roma"da qolish niyatidan qaytmadingmi? Agar kelasi mavsumda ham zaxirada qolib ketsang ham-mi? Boz ustiga, italyan matbuotida sen bergan so‘nggi intervyu "sovuq" qabul qilindi?

—Terma jamoa mashg‘uloti chog‘ida bergan intervyuyimni italyanchaga noto‘g‘ri tarjima qilishdi. Men Rimdan ketmoqchi ekanligim haqida gapirmaganman. Bu erda qolib, jamoa uchun kerakli futbolchi ekanligimni isbotlamoqchiman. Shunchaki, birorta futbolchi maydonga kam tushganidan mamnun bo‘lganini ko‘rmaganman. Qiyin kunlarni boshimdan o‘tkazyapman, ammo hammasini engib o‘tishimga ishonchim komil. Buning uchun mehnat va sabr qilaman.

— Mourino senga taqiq qo‘ygandek tuyulmadimi?

— Umuman yo‘q. Xuddi avvalgidek birga ishlayapmiz.

— Temmi Abraxamni "Chelsi"dan 40 million evro evaziga xarid qilishdi. Aytchi, uni asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishini sezganmiding?

— Albatta, ammo men "Roma"ga o‘tganimda Temmi hali "bo‘rilar" safiga ko‘chib o‘tmagan edi. U bilan yaxshi aloqadamiz. Umuman olganda, men kerakli pallada zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jamoamga yordam berishga ijobiy munosabat bildiraman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
07/04/2022 23:16
MEndayam shunday savol bor edi
Gulomqodir Askhanov
07/04/2022 08:32
Э коил ишларингизга омад менда. Битта савол бор нимага дарвозабон Билан яккама яккя чикканингизда бу сизнинг асосий куролингиздан биттаси купинча унг тамонга секинрок тепасиз сизни хамма дарвозабонлар урганади шу вактда ута кучли тепса буладими Еки биога -Бир. Келганда футболист да ваоатарни алдаб. Гол Уриш хохиши пайдо буладими? ( Угандага ва италияда хам шундай булган .лекин биринчи голингизда жуда кучли тепилди).