
Eldor Shomurodov va "Golos. Deti" g‘olibi bugun "Humo" o‘yiniga tashrif buyuradi (FOTO)
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Ust-Kamenogorskning "Torpedo" jamoasini qabul qiladi. 19:30 da start oladigan mazkur uchrashuvga "Rostov" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi, O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi - Eldor Shomurodov, "Pervyy kanal"da efirga uzatiladigan "Golos.Deti" vokal televizion shousining 2015 yilgi mavsum g‘olibi - Sabina Mustaevalar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Evgeniy Popixin shogirdlari birinchi konferentsiyada 46 ochko jamg‘argan holda jadvalda 7-o‘rinni egallab turibdi. Qo‘shnilarimiz hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud va ular ikkinfi konferentsiyada 9-pog‘onadan joy olishgan.
Fikrlar