
Eldor Shomurodov "Roma"da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga dav’vogar
Rimning "Roma" klubi aprel oyining eng yaxshi futbolchisini tanlamoqda. G‘olib muxlislar orasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham ushbu ro‘yxatda. Nomzodlar ichida Brayan Kristante, Obit Evan Ndika, Matias Sule va Mile Svilar ham bor.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan oy "bo‘rilar" bilan A Seriyada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bir bora samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar