Eldor Shomurodov Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘yinlar haqida gapirdi

  • 15 noyabr, 2022, 19:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlar haqida gapirdi.

Tecno

- 16-noyabr kuni Qozog‘iston bilan, bir-ikki kundan keyin esa Rossiya bilan o‘yin kutib turibdi. Siz uchun qaysi o‘yin muhimroq?

- Avvalo, bizni ikkita qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Biz raqibdan qat’iy nazar har doim g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Shaxsan men uchun Qozog‘istonga qarshi o‘yin ham, Rossiyaga qarshi o‘yin ham qiziqarli tuyulmoqda

- "Rostov"dagi sobiq jamoadaoshingiz Baxtiyor Zaynutdinov bilan aloqalaringiz qanday?

- Ha, u yaqin do‘stim hisoblanadi, ba’zan yozishib turamiz. Shu bois, ertangi o‘yinni intiqlik kutmoqdaman.

- Rossiyadagi faoliyatingiz borasida qanday xotiralaringiz bor?

- U erda o‘ynash menga yoqardi. "Rostov"da bir necha yillar yaxshi o‘yinlar o‘tkazdim. 

- Karpin bilan o‘yin haqida gaplashdingizmi?

- Hali gaplashganim yo‘q. O‘ylaymanki, o‘yindan keyin u bilan ajoyib suhbat bo‘ladi.

- Ertangi Qozog‘iston bilan o‘yiningizni Sergey Karasev boshqarib boradi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Asosiysi, adolatli qarorlar chiqarsa etarli!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!