Eldor Shomurodov qishda "Rostov"dan ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
Rossiyaning “Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov joriy mavsumdagi qayd etayotgan sermahsulligi borasida gapirib o‘tdi.
“Agar atrofingda shunday top darajadagi futbolchilar bo‘lsa, albatta ko‘p vaziyatlar bo‘ladi. Hujumchiga gol urish nisbatan osonroq. Ularning yordami bilan Rossiya premer-ligasida 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldim.
Men Evropaning kuchli chempionatlarida o‘ynashni orzu qilishim haqida avval ham aytganman. Men shunga harakat qilaman. Ko‘pchilik meni qishda boshqa jamoaga ketishim mumkinligi haqida gapirdi. Lekin men hali hech qaerga ketishni xohlamayman, men “Rostov”da baxtliman”, - deydi hamyurtimiz.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ayni damda 10 ta gol bilan RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar