Eldor Shomurodov faqat bir afsonadan ortda qolmoqda!

  • 7 may, 2022, 10:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Konferentsiyalar ligasi yarim finalida "Lester"ni mag‘lub etgan "Roma" hal qiluvchi bellashuvda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Demak, rimliklar sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov mazkur turnir finaliga chiqqan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Evrokuboklar bo‘yicha u ikkinchi natijani qayd etmoqda.

Shomurodovdan oldin Vitaliy Denisov TsSKA safida 2005 yilgi UEFA Kubogi finalida qatnashgan va yakunda sovrin egasiga aylangandi. Biroq Denisov o‘sha uchrashuvda maydonga tushmagan. 

Bundan chiqdi, Eldor evrokubok finalida maydonga tushgan ilk o‘zbek futbolchisi bo‘lib olishi ham mumkin. Konferentsiyalar ligasi finali 26 may kuni "Roma" hamda "Feyenoord" jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!