
Eldor Shomurodov - Paulo Dibala, Edin Jeko, Aleksis Sanches, Simone Dzadzadan oldinda
Italiyada 2020-2021 yilgi mavsum yakunlandi. Klublar qayd etgan natijalariga ko‘ra o‘rinlarni egalladi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning A Seriyadagi debyuti chakki emas. Hujumchimiz ilk ishtirokida 8 ta gol urishga erishdi. Bu borada Shomurodov mashhur hujumchilar Edin Jeko 7 ta ("Roma"), Aleksis Sanches 7 ta ("Inter"), Simone Dzadza 6 ta ("Torino"), Paulo Dibala 4 ta ("Yuventus")dan ko‘proq darvozalarni ishg‘ol qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili "Jenoa" safida Mattia Destrodan keyin to‘purarlar bahsida italiyalik hujumchi Janluka Skamakka bilan bir xil natija qayd etgan.
Undan tashqari Eldor bitta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
A Seriyaning joriy mavsumdagi to‘purar Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz 29 ta gol urdi.
Fikrlar