Eldor Adhamov: "Jarohatimdan butunlay forig‘ bo‘ldim"
Ma’lumki, “Andijon” jamoamiz chempionatning so‘nggi turida Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi munosib o‘yin namoqish qilgan holda juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Jarohatidan forig‘ bo‘lgan darvozabonimiz Eldor Adhamov nihoyat yana tarkibga qaytdi va “Bunyodkor” bilan o‘yinda jamoasi darvozasini uchrashuv davomida to‘liq himoya qildi.
Eldor klub matbuot xizmatiga ortdan qolgan jarohati va uchrashuv boraisda shunday dedi:
“Bunyodkor” bilan o‘yingacha to‘pig‘imdagi jarohat tufayli maydonda to‘liq mashq qila olmagandim. Faqatgina uchrashuvdan ikki kun oldin umumiy guruhga qo‘shildim. Yangi kelgan murabbiylar shtabi o‘ynashim zarurligini aytib o‘tishdi. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.
Muhim va kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Agar uchrashuvni omadsiz o‘tkazganimizda o‘zimizni o‘zimiz muammoga tushirib qo‘yishimiz mumkin edi. Xudoga shukr, bundan qutuldik va biroz bo‘lsa-da, erkin nafas oldik.
Hozirda jarohatimdan butunlay forig‘ bo‘ldim. Endi Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi hal qiluvchi o‘yinga Xudo xohlasa, maksimal formada etib boraman”, - deydi Adhamov.



Fikrlar