"El-klasiko"ning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?

  • 16 yanvar, 2023, 13:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida "Barselona" "Real" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Dastlab, kataloniyaliklar birinchi taymda Gavi hamda Levandovskining gollari evaziga ishonchli hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda Pedri va Benzema bittadan to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachisi Gavi topildi. 18 yoshli futbolchi "el-klasiko"da o‘z hisobiga bir gol va bir assistni yozdirib qo‘ydi.

Iste’dodli xavbek joriy mavsum La Ligada 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!