EL. "Aston Villa" va "Roma" qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

  • 28 noyabr, 00:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki to‘qnashuv yakunlandi. 
 
Unai Emeri boshchiligidagi "Aston Villa" bu turda "Yang Boyz" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Angliya klubining ikki goliga ham Malen mualliflik qildi. Niderlandiyalik hujumchi uchrashuvning 27 va 42-daqiqalarida gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Malenning ikki goliga Joel Monteyru 90-daqiqada javob berdi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
 
"Roma" esa o‘z maydonida "Mityulland" bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida zafar quchdi. To‘qnashuvning 7-daqiqasidayoq Neyl El-Aynaui hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 83-daqiqada esa Stefan El-Shaaravi rimliklarning ikkinchi golini kiritdi va farqni 2 taga etkazdi. Lekin 87-daqiqada Paulino hisobni qisqartirdi, ammo jamoasi qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtira olmadi.

Tecno

  • Europe - UEFA Yevropa ligasi
  • League Stage

Aston Villa

  • Donyell Malen 27'
  • Donyell Malen 42'
Tugadi
2 : 1

27.11.2025 22:45

Young Boys

  • Joël Monteiro 90'

  • Europe - UEFA Yevropa ligasi
  • League Stage

Roma

  • Neil El Aynaoui 7'
  • Stephan El Shaarawy 83'
Tugadi
2 : 1

27.11.2025 22:45

FC Midtjylland

  • Paulinho 86'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!