
Ektor Kuper: G‘alaba qozonamiz deb va’da bera olmayman, ammo... (Matbuot anjumani)
Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonga qarshi bellashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- O‘zbekiston terma jamoasini boshqarganimdan beri ularning o‘yin uslubi ancha o‘zgardi. Jamoa haqidagi bilimim u qadar katta rol o‘ynamaydi, deb o‘ylayman.
- Suriya qisqa vaqt ichida birdamlik namoyish eta oldi. Hatto yangi futbolchilar ham uslubimizga juda yaxshi moslashmoqda.
- Albatta, bizda katta bosim bor, ammo bu salbiy jihat emas. Men bosimni futbolchilarni tezroq yugurishi uchun ishlataman. G‘alaba qozonamiz, deb va’da bera olmayman. Biroq 26 nafar suriyalik yigitlar o‘z muxlislarini xursand qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi.
Fikrlar